Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ishlari agentligi xodimi «Tracker»da qarama qarshi yo‘nalishda harakatlandi

Yoshlar ishlari agentligi xodimi «Tracker»da qarama qarshi yo‘nalishda harakatlandi

Sirdaryo viloyatida Yoshlar ishlar agentligiga tegishli bo‘lgan «Tracker» avtomobili yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib olib, avariya holatini keltirib chiqardi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 may kuni soat 14:10 larda, Guliston shahar hududidan o‘tuvchi 4 R 18 avtomobil yo‘lining 20-21 kilometrlari oralig‘ida Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlar agentligiga qarashli davlat raqami 20 103 DAV bo‘lgan «Tracker» transport avtomashinasi Oqoltin-Guliston yo‘nalishida yo‘lning chap tomonida qarama-qarshi haydab avariya holatini keltirib chiqarganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.Z ismli haydovchiga nisbatan MJtKning 128-5-2-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilib, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga tegishli tartibda taqdimnoma kiritilib, haydovchi X.Z agentlikning 25.05.2023 yil kungi xatiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring