Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi

Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi

Joriy yilning 22-iyun kuni Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan yo‘lda «Vaz-2106», «Neksiya-3» rusumli yengil avtomobillar va «Isuzu» rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, yuk transport vositasi ag‘darilgan.

To‘qnashuv natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring