Shveysariyaning qadimiy banklaridan biri Gulnora Karimova ishiga aloqadorlikda ayblanmoqda
Shveysariyaning eng qadimgi banklaridan biri Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblandi.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Shveysariyaning eng qadimgi banklaridan biri Lombard Odier orqali pul yuvgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters.
Shveysariya prokuraturasi bank va uning sobiq xodimlaridan biriga qarshi ayblovlar ilgari surdi. Kuzatuvchi tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Lombard Odier’da ochilgan to‘qqizta bank hisobvarag‘i orqali mablag‘lar qoidalarni buzgan holda o‘tkazilgan.
Bu mablag‘lar Karimova ishtirok etgan jinoiy tashkilotga aloqador.
Gulnora Karimova ayni damda O‘zbekistonda qamoq jazosini o‘tamoqda. U o‘g‘irlik, tovlamachilik va bir qancha mamlakatlarda, shu jumladan Shveysariyada faoliyat yuritgan jinoiy tarmoq yaratishda ayblanmoqda. Bank, o‘z navbatida, barcha ayblovlarni rad etib, ular asossiz ekanligini aytdi.
Prokuraturaning fikricha, bank faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilsa, yirik sxemaning oldini olish mumkin edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter