Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoshiling, muddat tugagach javobgarlik kuchaytiriladi

Shoshiling, muddat tugagach javobgarlik kuchaytiriladi

Foto: «Mfc-nso.ru»

«Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni hamda uning ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 21-iyunda Hukumat qarori qabul qilingan edi.

Farmon bilan fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilingan.

Aksiya doirasida shu paytgacha davlat xizmatlari markazlariga fuqarolardan 1500 marotaba murojaat bo‘ldi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Agentlik murojaatlar soni juda kamligiga e’tiborni qaratdi va bu masalada muammosi bor fuqarolarni shoshilishga — davlat xizmatlari markazlariga o‘z vaqtida murojaat qilishga chorlamoqda. Chunki aksiya muddati cheklangan — 2019-yil 1-maygacha davom etadi. Aksiya muddati tugagach, bunday imoratlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etiladigan hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport;
  • oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi.

Mulkka egalik huquqi quyidagi holatlarda berilmaydi:

  • imorat turar joy qurish mumkin bo‘lmagan maydonlarda qurilgan bo‘lsa;
  • shaharsozlik normalari, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini buzsa, yohud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa.

Eslatma: 2018-yil 20-apreldan so‘ng o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi berilmaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring