Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Shahrisabzdagi mudhish hodisa haqida gapirdi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Shahrisabzdagi mudhish hodisa haqida gapirdi

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishda jamoatchilik bilan aloqalarga to‘xtaldi.

«Yaxshi bilasiz, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi, avvalo, barcha davlat idoralari, mahalla-kuy, keng jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikka uzviy bog‘liq.

Afsuski, hali bunday hamkorlikni bekamu-ko‘st yo‘lga qo‘ydik, jamiyatda huquqbuzarlikka murosasiz muhitni to‘la shakllantirdik deb ayta olmaymiz.

Shahrisabz shahrida Narimovlar oilasi bilan ro‘y bergan mudhish holatdan ijtimoiy tarmoqlar orqali yaxshi xabardorsiz.

2020-yil 30-iyul kuni Narimov turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchilik oqibatida avtomashinasiga o‘zini, turmush o‘rtog‘ini hamda 6, 11 va 12 yoshli 3 nafar go‘dak farzandlarini qamab, ustilariga benzin sepib, vahshiylarcha yoqib yuborgan.

Oqibatda butun oila fojia qurboniga aylandi.

Jinoyat sabablari o‘rganilganda, er-xotin o‘rtasida rashk tufayli uzoq muddat o‘zaro kelishmovchilik, urish-janjallar davom etib kelgani aniqlandi. 

Buning ustiga, Narimov muqaddam sodir etgan jinoyati uchun Shahrisabz shahri probatsiya xizmati hisobida ham turgan. 

Bundan qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla-kuy va qarindosh-urug‘ to‘la xabardor bo‘lsada, oiladagi ziddiyatlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rmagan, profilaktika inspektori ham, boshqalar ham bunga e’tibor bermagan.

Mana, birgina e’tiborsizlik va mas’uliyatsizlikning ayanchli oqibati», dedi Bosh Prokuror.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring