Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelida piyodalar yo‘lidagi devor shamolda ag‘anab tushdi

Sergelida piyodalar yo‘lidagi devor shamolda ag‘anab tushdi

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi yangi barpo etilgan yo‘l bo‘ylab qurilgan devorning bir necha qismi piyodalar yo‘lakchasiga ag‘anab tushgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqalgan.

Sergeli hokimligi xabariga ko‘ra, kuchli shamol va noqulay ob-havo sababli devor qulagan. Hokimlik mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazgan va pudratchi devorni mustahkam o‘rnatmaganini aniqlagan. Shuning uchun endi pudratchi o‘z hisobidan devorni ta’mirlashi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, kuchli shamol Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida ham ko‘plab talafotlar keltirgan. Buxorodagi xalqaro festival ochilishi esa bir kunga kechiktirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring