Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatorlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga bo‘lgan huquqni e’tirof etishga doir qonunni ma’qulladi

Senatorlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga bo‘lgan huquqni e’tirof etishga doir qonunni ma’qulladi

Senatning bugungi, ellik uchinchi yalpi majlisida «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

O‘z navbatida, senatorlar Qonunning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib, huquqlarni e’tirof etish borasida tegishli asoslar belgilanayotganligini aytib o‘tdi.

Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Qonunga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlar va hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bosqichlarda kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi ta’kidlandi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring