Salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi
Ko‘kdala tumanida MChJ rahbari isitish tizimini ta’mirlashda 934,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «S-TH.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 934,4 mln so‘m budjet mablag‘larini hamda ushbu ijtimoiy soha ob’yektlarini isitish uchun olib kelingan 79 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter