Ronaldo rasmiy bayonot berdi
Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo sport jamoatchiligiga rasmiy murojaat qildi.
U o‘z Instagram sahifasi orqali bergan bayonotida Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidentligi uchun kurashishini ma’lum qildi. Ikki karra jahon chempioni Braziliya futboli nufuzini tiklamoqchi.
«Men uchun yuzlab sabablar bor, ammo eng asosiysi — Braziliya futboliga bo‘lgan jahon miqyosidagi hurmatni qaytarish. Ko‘cha-ko‘yda odamlar meni to‘xtatib futbolga qaytishni so‘rashadi, chunki terma jamoadagi vaziyat maydonda ham, uning tashqarisida ham uncha zo‘rmas», — dedi Ronaldo.
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidentligi uchun saylov 2026 yilning martiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter