Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Makgregor yana qaytdi!

Rasman! Makgregor yana qaytdi!

Foto: «AP»

Irlandiyalik MMA kurashchisi Konor Makgregor ringga qaytishini tasdiqladi. Bu haqda «TheMacLife»ning Twitter-akkauntida xabar berildi.

32 yoshli sportchi UFC doirasida Dastin Pore bilan jang o‘tkazish uchun shartnoma imzoladi. Shu tariqa Makgregor MMAga rasman qaytdi. Irlandiyalik ishtirokidagi jang 2021-yil 23-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

11-noyabr UFC prezidenti Deyna Uayt Pore jang uchun shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. O‘shanda funksioner «hammasi rejadagidek kechsa», jang o‘tkazilishini ta’kidladi.

Dastlab Makgregor va Pore UFCdan tashqarida bellashishga tayyorgarlik ko‘rishayotgandi. Jangchilar avvaliga xayriya kechasi doirasida kurashishga rozi bo‘lishgandi, biroq vaziyatga promoushen aralashdi.

Makgregor va Pore UFC doirasida 2014-yilda ham kuch sinashishgan. O‘shanda irlandiyalik sportchi nokaut bilan g‘alaba qozongan.

Iyun oyida Makgregor faoliyati davomida uchinchi marta sportni tark etganini e’lon qilgandi. Irlandiyalik jangchi turli vazn toifalarida UFC chempioni bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring