Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston zilziladan jabr ko‘rgan G‘oziantepda maktab quradi

Qozog‘iston zilziladan jabr ko‘rgan G‘oziantepda maktab quradi

Qozog‘iston Respublikasi Turkiyaning G‘oziantep viloyati Nurdog‘i shahrida maktab qurishga kirishdi. G‘oziantep 2023 yil 6 fevralda ro‘y bergan dahshatli zilzilada eng ko‘p jabr ko‘rgan hudud sanaladi.

19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan maktabga tamal toshini qo‘yish marosimida ikki davlat rasmiylari qatnashdi.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tashabbusi bilan qurilayotgan maktab loyihasi ijrosiga Qozog‘iston xalqaro taraqqiyot agentligi (KazAID) mas’ul etib tayinlangan.

Avvalroq Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Qozog‘istonga maktab qurish taklifi uchun minnatdorlik bildirgan va yangi barpo etiladigan bilim maskani ikki turkiy davlatning do‘stlik, qardoshlik ramziga aylanishini qayd etgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Qozog‘iston so‘nggi 20 yilda boshqa davlatlarga 600 million dollarga yaqin ko‘mak ko‘rsatgan.

Bevosita KazAID doirasida 2022 yilda 36,7 million dollarlik ko‘mak taqdim etilgan. Ostona bu raqamni 100 million dollarga yetkazmoqchi.

KazAID Qozog‘iston Respublikasining 2014 yil 10 dekabrdagi «Taraqqiyotga rasmiy yordam to‘g‘risida»gi qonuni va mamlakat hukumatining 2020 yil 15 dekabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring