Qozog‘istonda 46 nafar o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
21-dekabrga o‘tar kechasi Samara – Chimkent yo‘lining Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanidan o‘tuvchi qismida avtobus buzilib, yo‘lovchilar sovuqda qolib ketdi.
Voqea joyiga yetib borgan Qozog‘iston FVV xodimlari texnik nosoz avtobusdagi 52 nafar yo‘lovchi jumladan, bir bolani Irg‘izdagi isitish markaziga yetkazishgan.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar asosan o‘zbekistonliklar, qolgan 6 nafari tojikistonliklar bo‘lgan.
So‘ngra yo‘lovchilar boshqa avtobusda tegishli manzilga yo‘l olishgan. Hech kim tibbiy yordamga ehtiyoj sezmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter