Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Majilisi O‘zbekiston bilan Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Qozog‘iston Majilisi O‘zbekiston bilan Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Foto: parlam.kz

Qozog‘iston parlamentining Quyi palatasi O‘zbekiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi va tasdiqlash uchun Senatga yubordi.

O‘zbekiston tomoni ushbu hujjatni o‘tgan yilning noyabrida ratifikatsiya qilgan edi. 

Bitimga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida hamkorlikning yangi mexanizmi – davlat rahbarlari darajasidagi Oliy davlatlararo kengash tashkil etilmoqda. Qozog‘iston Majilisi deputati Aygul Kuspanning bildirishicha, Kengashning birinchi uchrashuvi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida joriy yilning 8-avgust kuni Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Bizning tamoyilimiz raqobatlashish emas, balki bir-birimizni to‘ldirishdir. Biz ittifoqchilarmiz, bir-birimizni to‘ldirishimiz kerak», – deydi Aygul Kuspan.

Shartnomaning asosiy maqsadi ikki mamlakat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va barqaror iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlashga qaratilgan davlatlararo munosabatlarning yangi bosqichini shartnoma-huquqiy jihatdan mustahkamlashdan iborat.

Shartnoma asosida tomonlar hech qanday blok yoki ittifoqlarda qatnashmaslik, shuningdek, boshqa tomonga qarshi qaratilgan har qanday harakatlarda ishtirok etmaslik majburiyatini tasdiqlaydi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring