Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda Turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining yig‘ilishi boshlandi

Qo‘qonda Turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining yig‘ilishi boshlandi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan oltinchi yig‘ilishi boshlandi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Vengriya turizm vazirlarini kutib oldi.

Ayni vaqtda vazirlar ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Aziz Abduhakimov tadbirning ochilish qismida so‘zlagan nutqida bir qator takliflarni bildirdi. Xususan, Qo‘qon shahrini turkiy tilli davlatlar uchun turizm poytaxti, deb e’lon qilish haqida so‘z bordi.

«Qo‘qon shahri turkiy davlat - Qo‘qon xonligining poytaxti bo‘lgan. Bu yerdan buyuk jadid bobolarimiz yetishib chiqqan. Turkiston muxtoriyati aynan shu yerda e’lon qilingan, Qo‘qon shahri uning poytaxti edi», - dedi Abduhakimov.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring