Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda «Tracker» olib qochgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda «Tracker» olib qochgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Qo‘qon shahrida 19-sentyabr kuni M.V. va D.T. ismli ayol bir guruh bo‘lib, A.Navoiy mavzesi 62-sonli ko‘p qavatli uy oldidan M.A.ga tegishli «Tracker» rusumli avtomashinasini olib qochib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tadbirlar davomida Qo‘qon shahar, A.Navoiy mavzesi 90-sonli ko‘p qavatli uylar yonidan avtomashina soz holda, davlat raqamlari esa avtomashina yukxonasidan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.V.ga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring