Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qizil chiziqni bosib bo‘ldikmi deb qo‘rqaman» — iqlimshunos

«Qizil chiziqni bosib bo‘ldikmi deb qo‘rqaman» — iqlimshunos

19 iyun soat 19.15 holatiga respublika hududlarida kuzatilgan chang bo‘ronlari (och va to‘q binafsharanglar.

Chang-qum bo‘ronlari barcha holatlarda xavflidir. Uning hech qanday ijobiy xususiyati mavjud emas, deb yozadi iqlimshunos Erkin Abdulaxatov.

Inson salomatligidan tortib, flora va fauna dunyosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mahsuldorligini keskin pasaytirib yuboradigan tabiiy ofat. Eng yomoni iqlim muhojirlarini ko‘paytiradi.

Biz chang bo‘ronlar xavfini pasaytiradigan «yashil makon» umummilliy loyihasini joylarda o‘zimiz o‘ylaganchalik amaliy davom ettira olmadik. Cho‘l trassalari chetlari, tekislik shaharlarda joyning iqlimiga mos bo‘lmagan ignabargli daraxtlarni ekishda va quritishda davom etdik, etyapmiz ham.

Ekish muddatlari ba’zi hollarda hech qanday ilmiy mohiyatga ega emas, ekstremal ob-havoda ham ekish ishlarini yuritib, ko‘zbo‘yamachilikni ustun ko‘rmoqdamiz.

Joylarda yashil inventarizatsiyani yuritish tizimini o‘zi yo‘q. O‘tgan ikki yillikda kim qayerga qancha daraxt ekkaniyu, qanchasi ko‘karganini hech kim bilmaydi. Bu havoga uchib ketgan pullarga hech qursa biz o‘sha hududlarda allaqachon kafolatli sug‘orish tizimlarini yaratib bo‘lardik.

Qurg‘oqchilikka mos o‘simliklar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ekish bo‘yicha yozilgan yuzlab ilmiy ishlanmalar afsuski amaliyotga joriy etilmadi.

Ba’zi hududlarda sovet davrida amalga oshirilgan «Buxoro belbog‘i» kabi yashil kamarlarni biz qayta yarata olmadik. Sug‘ormasdan dehqonchilik qilish, mulchalab sug‘orish, gidrogel usulida yashillilikni yaratish, yopiq usullarda irrigatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha qadamlarni tashlamadik.

Afsuski, endilikda chang bo‘ronlari respublika markazidan, Mirzacho‘lgacha kirib kelib bo‘ldi. Kech qoldikmi deyman, tabiat bilan bog‘liq qizil chiziqni bosib bo‘ldikmi deb qo‘rqaman, — xulosa qiladi iqlimshunos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring