Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishki Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar aniq bo‘ldi

Qishki Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar aniq bo‘ldi

Joriy yilning 7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tadigan IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, jami 24 nafar o‘zbekistonlik sportchi qishki Osiyo o‘yinlarida 6 ta sport turi bo‘yicha qatnashadi. Bu esa ham sport turi, ham atletlar soni bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasining eng katta tarkibda qatnashadigan qishki Osiyo o‘yinlari bo‘ladi.

Sportchilar:

  • Short-trek: Daniil Yeybog va Denis Ayrapetyans;
  • Konkida yugurish: Danila Semerikov;
  • Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova;
  • Chang‘i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, E’zozbek Xushvaqtov.
  • Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;
  • Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.

Eslatib o‘tamiz, tadbirning ochilish marosimi 7 fevral kuniga belgilangan. O‘zbekistonlik atletlarning ishtiroki ham aynan shu sanadan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring