Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda Sadir Japarovning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Qirg‘izistonda Sadir Japarovning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Skrinshot

Bugun, 28-yanvar kuni Bishkekda Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi boshlangani haqida «FOR.kg» xabar berdi.

Marosim joyi — Milliy filarmoniya.

Sadir Japarov muddatidan avval o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida 79,2 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgandi.

Ma’lumot berilishicha, filarmoniya zalida siyosatchilar, deputatlar, sobiq bosh vazirlar, hukumat a’zolari, jamoat arboblari, sportchilar va boshqalar jam bo‘lgan.

Marosim OAVlar ishtirokisiz o‘tkazilmoqda, tadbir davlat telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring