Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvda bo‘lgan «Porsche» mashinasi topildi

Qidiruvda bo‘lgan «Porsche» mashinasi topildi

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida, joriy yilning 10 oyi davomida 4 ming 222 ta avtomototransport vositalaridan 3073 tasi topilib, 16 mlrd. 398 mln. so‘mlik qarzdorliklar undirildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2020 yil 19 oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi N.Z. foydasiga 279.250.000 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 2020 yil 10 noyabrda Majuriy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan Jeep Porsche Cayenne rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan edi.

Byuroning qidiruv bo‘limi tomonidan tezkor qidiruv ishlari olib borish jarayonida qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositasi joriy yilning 25 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatidan topilib, davlat ijrochisiga topshirilishi ta’minlandi.

Xuddi shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor U.Yu.dan undiruvchi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi foydasiga 575 mln. so‘mlik jinoyat natijasida yetkazilgan zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan ORLANDO davlat raqamli avtotransport vositasiga ham yilda qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruv ishlari olib borish jarayonida, ushbu avtotransport vositasi ham Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidan topilib, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Qidiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring