Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qatar-2022 — mundiallarning eng qimmati (infografika)

Qatar-2022 — mundiallarning eng qimmati (infografika)

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati shu paytgacha o‘tkazilgan mundiallarning eng qimmati bo‘ladi. Statist tayyorlagan infografikaga ko‘ra, qatarliklar eng katta futbol turnirini o‘tkazish uchun 220 mlrd AQSh dollari sarflashmoqda.

Bu mablag‘lar jumlasiga, shuningdek, stadionlar va mamlakatdagi boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurishga sarflangan va sarflanajak pullar ham kiritilgan.

Solishtirish uchun: 2018 yilgi JCh mezboni Rossiya — 11,6 mlrd, 2014 yilgi mezbon Braziliya — 15 mlrd dollar xarajat qilgandi.

E’tiborli jihati, Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, Qatarning 2021 yildagi yalpi ichki mahsuloti (nominal) 179,57 mlrd dollarni tashkil etgan. Ya’ni mamlakat futbolga mezbonlik uchun milliy YaIMdan kattaroq mablag‘ sarflamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring