Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylovlar va urush: Putin va Si Szinpin Kremlda gaplashmoqda

Saylovlar va urush: Putin va Si Szinpin Kremlda gaplashmoqda

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakat rahbarligiga saylangandan keyin ilk bor Rossiyaga tashrif buyurdi va Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. 

Shundan so‘ng, Kremlda o‘zaro muzokaralar boshlandi. 

Si Szinpinning fikricha, «Putin rahbarligida Rossiya mamlakat gullab-yashnashida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan».

Shuningdek, u rossiyaliklar 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi.

Putinning matbuot kotibi Peskovning aniqlik kiritganidek, Si Szinpin Putinning 2024 yildagi saylovlarda ishtirok etishi haqida gapirmadi, faqat u rossiyaliklar Putinni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirgan.

O‘z navbatida Putin Xitoyning «Ukraina masalasida taqdim etgan tinchlik rejasinini sinchiklab o‘rgangani»ni ma’lum qilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring