Prezident marhum san’atkorni orden bilan taqdirladi
Botir Zokirovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra o‘zining buyuk iste’dodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada san’atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter