Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zsanoatqurilishbank JCB to‘lov tizimi bilan ishlashni boshladi

O‘zsanoatqurilishbank JCB to‘lov tizimi bilan ishlashni boshladi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

2019 yilda O‘zsanoatqurilishbank kartaga oid protsessingni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni boshladi. Uning maqsadi elektron PIN-kodli xalqaro kartalarni chiqarish, multivalyuta hisob raqamlari va karta bo‘yicha kredit limiti, shuningdek, aloqasiz kartalar, shu jumladan JCB xalqaro tizimlaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish va ekvayring tarmog‘ini kengaytirishdan iborat. Bugungi kunda loyiha amalga oshirilgan, yangi karta mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

2021 yil yanvar oyida WAY4 yangi protsessing ishga tushirildi, unda barcha JCB kartalari egalari O‘zsanoatqurilishbank bankomatlarida naqd pul yechishlari va bankning hamkorlari tarmog‘ida xaridlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

«Mintaqada yuqori nufuzga ega bo‘lgan eng yirik va ishonchli banklardan biri hisoblangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB O‘zbekiston Respublikasida JCB kartalarini qabul qilishni boshlaganini bildirishdan mamnunmiz. O‘zbekiston — qadimiy tarix, boy taomlari, mehmondo‘st odamlari bilan mashhur turistik yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekiston nafaqat rossiyalik sayyohlarni, balki odatda JCB kartalari egalari ko‘p bo‘lgan Yaponiya va boshqa Osiyo mamlakatlari sayyohlarini o‘ziga jalb qiladi. 2018 yilda vizasiz tartib joriy etilgani va bizning «O‘zsanoatqurilishbank» ATB bilan hamkorligimiz sayyohlik oqimining yanada oshishiga hamda JCB kartalari egalari respublikaga safarlari davomida xaridlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish va naqd pul yechishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi», — dedi JCB International (Eurasia) LLC bosh direktori Takasi Suesugu.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Ulugbek Tavakkalov ta’kidlashicha, Humo bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bankomat-terminal tarmog‘i bir vaqtning o‘zida JCB xalqaro to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatadi. Hozirda bunday bankomatlar soni 150, bunday terminallar soni esa 16 mingtani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: JCB bu jahondagi yirik to‘lov brendi, yetakchi emitent va Yaponiyada kredit kartalarning xaridoridir. Kompaniya 1961 yilda tashkil topgan. 1981 yildan JCB boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqib, o‘z faoliyati doirasini kengaytirmoqda. Bankning qabul qilish tarmog‘i dunyodagi qariyb 35 million savdo vakillarini qamrab oladi. Hozirgi vaqtda JCB kartalari 140 milliondan ortiq karta egalari bo‘lgan 20 dan ziyod mamlakatlar va hududlarga chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring