Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda qurilishi bitmagan 5 qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi

Qoraqalpog‘istonda qurilishi bitmagan 5 qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurilayotgan 5 qavatli 30 xonadonli turarjoy binolaridan birining zinopayasi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur ob’yektda qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan «Imorat Qurilish konstruksiya» MChJ rahbari Maqset Bekimbetovning aytishicha, ushbu binoda 2022-yil may oyida qurilish ishlari boshlangan bo‘lib,  2023-yil 3-fevral kuni binoning 3-qavatiga zinalar o‘rnatilgan. 7-fevral kuni ularda yoriq hosil bo‘lib, qulab tushgan.

«Bizga zinalarni yetkazib bergan korxona rahbarlarini chaqirib, holatni ko‘rsatdik. Shartnomalari bor. Pullari bank kreditlari orqali to‘langan. Boshqa pod’yezdlarga ham ushbu zinalar qo‘yilgan edi. Ko‘p vaqt o‘tmay, ular ham yorilishni boshladi. Ularni ham zavod mas’ullariga ko‘rsatib, olib tashladik. Ularni almashtirib, umumiy 9 zinani yangidan qurib beradigan bo‘ldi», — dedi Maqset Bekimbetov.

Tuman hokimiyati axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu zinalar «Taqiyatas Tau-Kita» temir-beton zavodi tomonidan tegishli shartnoma asosida yetkazib berilgan bo‘lgan.

Hodisadan jabrlanganlar yo‘q. Hozirda holat bo‘yicha prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring