Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korxonalarni tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma yaratildi

Korxonalarni tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma yaratildi

O‘zsanoatqurilishbank hamda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida sement, g‘isht va ohak ishlab chiqaruvchi korxonalarni tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha namunaviy metodik qo‘llanma ishlab chiqildi.

Prezidentmizning joriy yil 16 fevraldagi «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ishlab chiqarish korxonalarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish, bu borada tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama qulay sharoit yaratish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga zarur topshiriqlar berildi.

Birgina qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida 250 ta korxonani ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish yuzasidan manzilli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Sement, g‘isht va ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha yaratilgan namunaviy metodik qo‘llanma ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar sirasiga kiradi.

Qo‘llanmada tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tishda texnologik jarayonlar, ularni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan uskuna va jihozlar, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bosqichlari, shuningdek, ko‘mir xom ashyosi xususiyatlari, uni to‘g‘ri tanlash va samarali foydalanish jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishda xorij tajribasi, ilg‘or texnologiyalar, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Bu borada tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlari haqida ma’lumot berilgan.

Qo‘llanmaning elektron nusxasini «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining uzsm.uz hamda O‘zsanoatqurilishbankning sqb.uz rasmiy saytlaridan yuklab olish mumkin.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring