Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ gastronomik turizm rivojini qo‘llab-quvvatlamoqda

«O‘zmilliybank» AJ gastronomik turizm rivojini qo‘llab-quvvatlamoqda

O‘zbekiston betakror tabiati, boy madaniyati va dunyoning yetti iqlimida dong taratgan tarixiy, milliy arxitekturasi bilan har doim sayyohlar e’tibori markazida bo‘lib kelgan. Qolaversa, xalqimizning hunarmandchilik an’analari, qadriyatlarga asoslangan o‘ziga xos turmush tarzi aksariyat turistlarda katta ishtiyoq va taassurot uyg‘otishi ham sir emas.

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish va bu borada hududlar infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda nafaqat mo‘’jizakor yurtimiz tabiati, tarixiy shaharlar, shuningdek, shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalaridagi ko‘ngilochar maskanlar, turistlar uchun o‘ziga xos qulayliklarning yaratilishi sayyohlar oqimining kengayishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, keyingi paytlarda gastronomik turizmga qaratilayotgan e’tibor poytaxt ko‘chalarida yangi manzara va qiyofa kasb etayotir.

Ta’kidlash joiz, «O‘zmilliybank» AJ ham turizm tarmog‘ini rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, poytaxtda turizm xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish uchun Yunusobod tumanida 24/7 xizmat ko‘rsatish hamda gastronomik ko‘cha tashkil etish loyihasini amalga oshirdi.

Uzunligi 1,2 kmni tashkil etgan «Sayilgoh» va «Zarafshon» ko‘chalarini gastronomik ko‘chalarga aylantirish uchun 2,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda mazkur ko‘chalarda jami 69 ta shahobchalar mavjud bulib, shundan 25 ta yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish shahobchalari, 2 ta velosiped va samokatlar uchun mo‘ljallangan turargohlar, 25 tadan ortiq ko‘ngil ochar maskanlar (attraksion, batut va x.k.) 8 ta umumiy ovqatlanish shahobchalari, 2 ta fudtrak, shuningdek, 7 ta boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish ob’yektlar o‘rin olgan. Shu bilan birga mazkur ko‘chada gastronomik turizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.

Aslida shahrimizning eng markaziy nuqtasida joylashgan bu ko‘cha yoshligim bilan bog‘liq, – deydi Shukrulla Narzullayev. – Shu bois bu yerga tez-tez kelib turaman. Talabalik davrimni eslayman. Xotiralar o‘sha-o‘sha bo‘lgani bilan bu yerning manzarasi, qulay sharoiti o‘zgarib ketgan. Gavjum, ham kattalar, ham bolalar dam oladigan eng chiroyli ko‘chaga aylandi. Milliy hunarmandchilik namunalaridan tortib, zamonaviy xizmat turlarigacha hammasidan bahramand bo‘lish mumkin. Shuning uchun bu ko‘chadan keksayu yosh arimaydi. Bu hali hammasi emas. Mazkur hudud bilan bog‘liq yana qator rejalar bor. Jumladan, ko‘chaning zamonaviy ko‘rinishdagi dizaynini yanada takomillashtirish, yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatish, Wi-Fi zonalari, zamonaviy yoritish tizimi, velo yo‘laklarni tashkil qilish, piyodalar va turistlar uchun sharoit yaratish bilan bog‘lik takliflar o‘rganilmoqda.

Qolaversa, ushbu gastronomik ko‘chada qo‘shimcha 22 tadan ortiq yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilib, bo‘sh yer maydonlarida yengil konstruksiyali 10 ta boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil etish hisobga olingan.

Natijada 130 ta yangi ish o‘rni yaratilib, tumanda xizmat ko‘rsatish xajmi yiliga 1,7 mlrd so‘mga oshadi. Asosiysi, yillik tashrif buyuruvchilar soni 300 mingtaga yetishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring