Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ zargarlik sohasini rivojlantirish borasida Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda

«O‘zmilliybank» AJ zargarlik sohasini rivojlantirish borasida Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan ilg‘or xorijiy tajriba asosida respublikada zargarlik sanoatini rivojlantirish yuzasidan bir qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Ularga muvofiq «O‘zmilliybank» AJning «NBU Invest Group» AJ kompaniyasi tomonidan Turkiyaning «Pala Golden Jewellery» kompaniyasi bilan Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Ma’lumot uchun: «Pala Golden Jewellery» kompaniyasi zargarlik yo‘nalishida 25 yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkor Ufuk Pala tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, zargarlik buyumlari bilan birga ilg‘or texnologik uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Marokash kabi davlatlarda sotuv ofislari mavjud va hozirda faoliyat geografiyasi yanada kengayib bormoqda.

Savdo sanoat palatasi, «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi, «O‘zmilliybank» AJ hamkorligida Buxoro shahrida tashkil etiladigan markazda yillik quvvati 300 kilogrammga teng zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Ushbu markazda, oltin zaxira ombori, «shou-rum» va ishlab chiqarish maydonlari, asllik darajasini aniqlash laboratoriyalari hamda zargarlik yo‘nalishida mutaxassislarni dual ta’lim shaklida tayyorlovchi o‘quv kurslarini tashkil qilish va majmuani 2025 yil 1 choragida ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

Markazga turkiyalik tajribali mutaxassislar jalb qilinishi bilan bir qatorda mahalliy yoshlar uchun ham ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, mamlakatimizdagi zargarlik yo‘nalishiga ixtisoslashgan o‘quv dargohlari talabalari bevosita ushbu zargarlik markazida hamda «Pala Golden» kompaniyasining xorijdagi korxonalarida o‘z bilim va malakalarini oshirib boradilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring