O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanadigan faoliyat turlari kengaytirildi

Endilikda yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shug‘ullanishi belgilanadi.
Bu borada Prezidentning «Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-78-son qarori qabul qilindi.
Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik sub’yektlarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartib joriy etiladi:
- birinchi marta ogohlantirish;
- ogohlantirishdan so‘ng 3 kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘lishi;
- sayyor soliq tekshiruvini 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;
- sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib hisoblanishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter