Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Quyi Surgil» konida kunlik 820 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

«O‘zbekneftgaz»: «Quyi Surgil» konida kunlik 820 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burg‘ilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari qayta ta’mirlanib ishga qo‘shilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Quyi Surgil» gazkondensat konidagi 26-sonli quduqda burg‘ulash ishlaridan so‘ng 4323-3873 metr oralig‘iga filtr o‘rnatildi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, mahsuldorligi kuniga 820 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Quyi Surgil» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2018 yilda ishga tushirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring