Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Doniyor Komilov «O‘zbekneftgaz» AYoQShlari egasiga aylangani aytildi

Doniyor Komilov «O‘zbekneftgaz» AYoQShlari egasiga aylangani aytildi

Hozirda «UNG Petro» MChJning 100% ulushi yagona ta’sischi — Komilov Daniyor Abdulazizovich egaligidagi «PETROLEUM TECHNOLOGY GROUP» MChJga o‘tkazilgan.

D.Komilov Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan «METROPOL GROUP» MChJning ham yagona ta’sischisi hisoblanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023 yil may oyida 78 ta «zapravka»ga ega bo‘lgan UNG Petro MChJ xususiylashtirilishini e’lon qilgan edi.

«Davaktiv O‘zbekistondagi eng yirik zapravka tarmog‘ini yana imi-jimida, yopiq kabinetlarda tanlangan «egasiga» topshirib qo‘ya qolgan ko‘rinadi. Sopini o‘zidan chiqarib qo‘yishmagan bo‘lishganida, qanaqadir «go‘zallik konkursi» o‘tkazishgan yoki ikki qator ochiq axborot berishgan bo‘lishardi.

Enidanam, bo‘yidanam, ostidanam, ustidanam talanayotgan «O‘zbekneftegaz»ni MChJga aylantirib, tugatib yuborishsa kerak. Yana nimasi qoldi o‘zi?», deya munosabat bildirdi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring