Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning JCh-2026ga chiqish imkoniyati sal pasaydi — We Global Football

O‘zbekistonning JCh-2026ga chiqish imkoniyati sal pasaydi — We Global Football

Foto: Xinhua

We Global Football portali Osiyoda 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi saralash o‘yinlarining 5-turidan so‘ng milliy jamoalarning mundialga borish imkoniyatlari ko‘rsatkichlarini yangiladi. Portal O‘zbekistonning JChda qatnashish imkoniyatini sal pasaytirdi.

Terma jamoamiz 4-turda BAAni yengganidan so‘ng (1:0) A guruhidan JCh-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkoniyati 10 foizga oshib 93,1 foizga yetgan edi.

5-turda Qatardan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan keyin esa jamoamizning imkoniyati 93,1 foizdan 84,8 foizga pasaydi.

Hozircha O‘zbekiston mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyin imkoniyati eng yaxshi baholanayotgan 4-jamoa bo‘lib turibdi.

E’tiborli fakt: O‘zbekistonni yutganidan so‘ng Qatarning mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati 8,9 foizga yetdi (4-turdan so‘ng 4,6 foiz edi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring