Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 2024-yilda banklardan qariyb 9,5 mlrd dollar sotib olgan  

O‘zbekistonliklar 2024-yilda banklardan qariyb 9,5 mlrd dollar sotib olgan  

2024-yilda banklar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalari aylanmasining umumiy hajmi 2023-yilga nisbatan 19 foizga (4 mlrd doll) ko‘payib, 25,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Markaziy bankning jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha qisqacha sharhida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan banklarga 16,1 mlrd dollar miqdoridagi yoki 2023-yilga nisbatan 31 foizga ko‘p (2023-yilda 12,3 mlrd doll) chet el valyutasi sotilgan.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan banklardan xarid qilingan chet el valyutasi hajmi 2023-yilga nisbatan 3 foizga o‘sib, 9,4 mlrd dollarga yetdi (2023-yilda 9,1 mlrd doll).

Natijada, jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valyutasi hajmi sotib olingan chet el valyutasi hajmidan 6,7 mlrd dollarga ko‘p bo‘lib, ushbu ijobiy farq o‘z navbatida ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilgan.

Ta’kidlanishicha, banklarning valyuta ayirboshlash infratuzilmasini rivojlantirish, ularning tarmog‘ini kengaytirish va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

Xususan, aholi uchun valyuta ayirboshlash infratuzilmasi qamrovini kengaytirish maqsadida, banklarning respublika bo‘ylab valyuta ayirboshlash shoxobchalari umumiy soni yil davomida 20 foizga oshib, 6,2 mingtaga yetkazilgan. Bunda, 24/7 rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari soni 3,4 mingdan ortiq bo‘lib, ular aholi gavjum joylar, turistik hududlar, aeroportlar, vokzallar, mehmonxonalar va savdo majmualarida joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring