O‘zbekistonga Murg‘ob sikloni kirib kelmoqda
Ertaga, 13-aprel kuni markazida atmosfera bosimi 1006 gPa gacha bo‘lgan siklon kunning birinchi yarmida O‘zbekistonga kuchli jalalar bilan kirib keladi.
Bu haqda gidrometeorolog mutaxassis Erkin Abdulahatov ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagi kartadagi sariq rangli hududlarda kuchli jalalar bo‘lishi kutilyapti.
«Meteojurnal»ga ko‘ra, 13-aprel kuni Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh Turkmanistonning Lebap viloyati ba’zi hududlarida oylik normadagi yog‘in (jala va do‘l) yog‘ib qo‘yishi mumkin.
O‘zgidromet esa shu kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli yog‘ingarchiliklar bo‘lishini prognoz qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter