Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir nomdagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

O‘zbekistonda yana bir nomdagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori imzolandi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash vazifasi topshirilgan.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda:

  • ikki oy muddatda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi;
  • ushbu qarorning 6-bandida belgilangan adabiyotlarni tayyorlash bilan bog‘liq ishlar uchun davlat ilmiy dasturlari doirasida maqsadli mablag‘lar ajratilishini ta’minlaydi;
  • talabalar hamda tadqiqotchilar o‘rtasida Bobur Mirzo hayoti va ijodiga bag‘ishlangan yangi ilmiy-publitsistik hamda badiiy asarlar tanlovini o‘tkazadi;
  • Bobur Mirzo hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarning o‘zbek tilidan xorijiy tillarga hamda xorijiy tillardan o‘zbek tiliga bosqichma-bosqich tarjima qilinishi va chop etilishini ta’minlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar O‘zbekistonda 9 ta Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring