Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Metan zapravka»lar uchun qo‘shimcha talablar belgilandi

«Metan zapravka»lar uchun qo‘shimcha talablar belgilandi

2024-yil 1-sentyabrdan neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda ko‘rsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining joriy yil 6-iyulida VMQ-387-son qarori qabul qilindi. 

Hujjat tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish hamda siqilgan gazni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali (AGTKSh) sotishni to‘liq raqamlashtirgan holda ulardan noqonuniy foydalanish va baxtsiz hodisalarning oldini olish  chora-tadbirlarini nazarda tutadi.

Shuningdek, Yangi AGTKShlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar va litsenziya faqat   Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi.

Litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • AGTKSh orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimilarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator «UZINFOCOM» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim o‘rnatilganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Energetika vazirligining AGTKSh orqali siqilgan gaz sotish bo‘yicha yangi litsenziya olish  Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvini tasdiqlovchi taqdimnomasi.

Amaldagi litsenziatlar uchun «UZINFOCOM» avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi 2025-yil 1-yanvardan boshlab majburiy hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring