Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelyapti

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelyapti

Joriy yilning 29-noyabr-2-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda  «O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 29-noyabr-1-dekabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30-noyabr-1-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2 dekabrga kelib, 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29-noyabr-1-dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring