Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlarining ilk uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlarining ilk uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 31-mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlarining birinchi uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Qirg‘iziston Bosh vazir o‘rinbosari Edil Baysalov Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 58-sessiyasi doirasidagi chiqishida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston tomoni rasmiylari hozircha ushbu sammit xususida biror ma’lumot bergani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring