Haftaning yarmidan O‘zbekistonda quruq va bahoriy havo kuzatiladi

«O‘zgidromet» xabar berishicha, boshlangan haftaning ikinchi ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Bugun, 17-fevral kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmayapti. Kechasi havo keskin sovuq bo‘lganidan so‘ng harorat tez ko‘tarila boshlaydi va kunning o‘rtasiga kelib havo 8-13 daraja iliqqacha isiydi.
18-19-fevral kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va 19-fevral kuni Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi. Bu harorat mart oyining oxiri va aprel oyining boshidagi iqlim ko‘rsatkichlariga mos keladi. Harorat kechalari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda 17-20-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
17-19-fevralda harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 11-14 daraja iliq, 20-21-fevralda kechalari 2-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 15-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter