Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qurilish maydonida balandlikdan yiqilib og‘ir jarohat oldi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qurilish maydonida balandlikdan yiqilib og‘ir jarohat oldi

Illyustrativ surat

Foto: «Xabar.uz»

Sankt-Peterburgda 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish maydonchasida yiqilib, shifoxonaga yotqizildi. Erkakda boshning ochiq jarohati, miya shishi, bosh miya kontuziyasi va boshqa og‘ir jarohatlar aniqlangan.

«Fontanka» nashrining xabar berishicha, O‘zbekiston fuqarosi Moskva shossesida angarlarda ishlayotgan vaqtda balandlikdan yiqilib tushgan. Nashr jabrlanuvchi nechanchi qavatdan tushib ketganiga oydinlik kiritmagan.

Hodisa 30-noyabrda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Qurilish maydonchasida videokuzatuv kamerasi yo‘qligi erkak qay tarzda yiqilib tushgani hozircha ma’lum emas.

Migrant 2021-yilda Sankt-Peterburgga kelgan. Avvaliga u migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo keyinchalik hujjatlarning amal qilish muddati tugagan va u Rossiyada noqonuniy bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring