Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston elchisi qirol Karl III ga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi qirol Karl III ga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov qirol Karl III’ga ishonch yorliqlarini topshirdi. 

Rasmiy marosimdan keyingi suhbatda Karl III O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarini bildirgan.

«Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi sur’ati yuqori baholandi. Bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi», – deyiladi «Dunyo» AA xabarida.

Suhbat yakunida Buyuk Britaniya qiroli O‘zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni yanada yaxshilash borasidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yangi elchisi Ravshan Usmonov 2023-yilning 14-noyabr kuni Londonga kelgan edi. Bungacha u mamlakatimizning Malayziyadagi elchisi lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring