Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bilan din, tarix va madaniyat mushtarakligimiz bor – Ahmad Faruq

O‘zbekiston bilan din, tarix va madaniyat mushtarakligimiz bor – Ahmad Faruq

30-sentyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi elchixonasi ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etdi.

Unda Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruq so‘z olib, Pokiston-O‘zbekiston munosabatlari va umumiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

– Din, tarix va madaniyat mushtarakligi Pokiston – O‘zbekiston munosabatlarining poydevorini tashkil etadi, – dedi elchi Ahmad Faruq. –  Xoh Samarqand va Buxoroning so‘fiy avliyolari, xoh Zahiriddin Bobur bo‘lsin, barchasi bizning umumiy merosimizni tashkil etadi. Qolaversa, asrlar davomida hozirgi Pokiston va O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar tijoriy va savdo aloqalariga ega bo‘lgan. Ikki xalqning nafaqat o‘tmishi, balki xalqimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida chambarchas bog‘liq kelajagi ham bor.

Pokiston elchisi Pokiston-O‘zbekiston munosabatlari juda ijobiy yo‘nalishda ketayotganidan mamnunligini bildirdi.

– Bu yuqori darajadagi o‘zaro munosabatlarning ko‘payishida namoyon bo‘lmoqda, – deya so‘zida davom etdi elchi Ahmad Faruq. – 2021-yildan buyon har yili o‘rtacha uchta oliy darajadagi va tashqi ishlar vazirlari darajasidagi o‘zaro muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Pokistonning hurmatli Bosh vaziri va O‘zbekiston Prezidenti 2024-yil iyul oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida uchrashdilar. O‘zbekiston TIV rahbari Pokistondagi umumiy saylovlardan keyin Pokistonga tashrif buyurgan ilk tashqi ishlar vaziri ham bo‘ldi. Bunday o‘zaro munosabatlarning barchasi ikki tomonning ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga intilishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Uchrashuv yakunida Pokiston elchisi jurnalistlarning savollariga batafsil javob berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring