O‘zbekiston 5 oyda 180 dan ortiq mamlakat bilan savdo-sotiq qilgan
2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 26,7 mlrd AQSh dollariga yetkazgan.
Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,9 foiz), Rossiya (17,9 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,5 foiz) va Koreya Respublikasida (3,4 foiz) qayd etilgan.
Shundan:
Eksport – 10,8 mlrd (1,9 foizga oshgan);
Import – 15,9 mlrd (3,7 foizga oshgan).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter