Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeTTB Xorazmda yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash uchun imtiyozli qarz ajratdi

YeTTB Xorazmda yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash uchun imtiyozli qarz ajratdi

 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) «D 213 «Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380» avtomobil yo‘lining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish» loyihasi uchkn 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 18 yil muddatga 238 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi.

PQ-390-son qarorda ta’kidlanishicha, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 294,1 mln AQSh dollari bo‘lib, bunda YeTTBning ulushi 238 mln AQSh dollari, O‘zbekiston Respublikasining ulushi esa 56,1 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2 yillik kafolat davrini hisoblagan holda 2024 — 2029 yillar) tashkil etadi.

Belgilanishicha, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning tarkibidagi «Avtoyo‘linvest» agentligi Loyihani o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish hamda YeTTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. YeTTB tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, foiz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar esa O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur qaror bilan, shuningdek, Loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablag‘larni Xorazm viloyatidagi «D 217 «Urganch — Gurlan — Mang‘it — Turkmaniston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 5 — 75 km qismini qayta qurish loyihasiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ham ma’qullangan.

YeTTB bilan esa tegishli vazirlik va idoralar 2024 yil 31 dekabrga qadar Loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablag‘larni mazkur yuqorida nazarda tutilgan ishlarga yo‘naltirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring