Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektromobillar importi 3 yilda qariyb 18 marta oshdi

Elektromobillar importi 3 yilda qariyb 18 marta oshdi

Yengil elektromobillar segmenti faollikning rekord o‘sishini ko‘rsatishda davom etmoqda. Joriy yil oktyabr oyida elektromobillar sotuvi sentyabr oyiga nisbatan 20 foizga o‘sib, 5,1 ming dona elektromobilni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha olib borilgan tahlillar elektromobillar segmenti faol rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda, xususan, eng ko‘p sotuvlarning o‘sishi Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etilgan.

Yil davomida elektromobillarni savdosi 87,5 foizga o‘sdi, bu 2,3 ming dona elektromobilga teng.

2021-yilning oktyabr oyidan buyon esa sotuvlar hajmi 17,7 marta (2022-yilning mos davridan buyon 5,6 marta) o‘sgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil sentyabr oyda 4,24 ming dona, avgust oyida 1,7 ming dona elektromobil sotilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring