Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar ish haqi yangi yilda qanchaga oshadi? (jadval)

O‘qituvchilar ish haqi yangi yilda qanchaga oshadi? (jadval)

Foto: «Xabar.uz»

Moliya vazirligining «Fuqarolar uchun 2019-yil budjeti» loyihasida o‘qituvchilarning ish haqi oshirilishi jadvali ham kiritilgan.

Unga ko‘ra, 2019-yilda umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun jami 17 100,1 mlrd. so‘m yoki umumiy budjet xarajatlarining 60,2 foizini ajratish ko‘zda tutilgan.

Jadvalga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘qituvchilari toifasiga qarab 1 614 581 so‘mdan 2 225 864 so‘mgacha ish haqi oladilar.

Maktab direktori guruhiga qarab 2 236 441 so‘mdan 2 532 184 so‘mgacha ish haqi oladi.  direktor o‘rinbosarlari uchun ish haqi miqdori 2 387 979 so‘mgacha,  psixologlar uchun — 1 453 123 so‘mgacha,  kutubxonachilar uchun esa 966 740 so‘mgacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, sinf rahbarligi uchun EKIHning 10 foizgacha miqdorida, daftarlarni tekshirganlik uchun 50 foizgacha miqdorda va 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda rahbariyat hisobidan kasbiy mahorat uchun ustamalar ham to‘lanadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring