Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarni qiynab jazolagan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bolalarni qiynab jazolagan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 277-maktabda 1-sinf o‘quvchilari igna va burama mix sanchib jazolab kelgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilingandi.

Bolalar ombudsmani axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berishicha, tergovga qadar tekshiruv natijasida o‘qituvchi (ayol kishi) 2016 yilda tug‘ilgan Y.M. va Sh.U. larning qo‘llarini burama mix (samorez) ni bir necha marta tiqib kelib, o‘quvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazganligi aniqlangan.

Joriy yilning 18 aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S.R. ga (2002 yilda tug‘ilgan) nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi «a» bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilganligi aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring