Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchi hamkasbining plastik kartasidan pul o‘g‘irlab, onlayn-qimorga tikib yubordi

O‘qituvchi hamkasbining plastik kartasidan pul o‘g‘irlab, onlayn-qimorga tikib yubordi

Kollaj: Xabar.uz

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi A.V. (1978-y.t.) o‘zining bank kartasidagi 1 545 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganidan arz qilib IIBga murojaat qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi R.A. (1988-y.t.) sodir etgani aniqlandi.

R.A. jabrlanuvchi bilan bir maktabda ishlab turib, uning bank kartasi ma’lumotlari va SMS-xabarnomasini qo‘lga kiritish orqali to‘lov tizimlaridan foydalanib, barcha pullarni «1xByet» onlayn-qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinga yutqazib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.

R.A.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring