Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noma’lum havolaga kirgan toshkentlik ayol 50 mln so‘midan ayrildi

Noma’lum havolaga kirgan toshkentlik ayol 50 mln so‘midan ayrildi

Foto: IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) S.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidagi 50 000 000 so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Nukus shahrida yashovchi 32 yoshli U.N. sodir etgani aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.N. internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli mazmundagi xabarlar (havolalar)ni jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank kartalari ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartalardagi pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.N.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring