Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy Majlis Senati Raisi Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha Elchisi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha Elchisi bilan uchrashdi

Foto: «Senat.uz»

2021-yil 21-yanvar kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha Elchisi Rita French bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Onlayn uchrashuvda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlou ishtirok etdi.

Tomonlar inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni tatbiq etishdagi ustuvorliklarni, ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish, bu borada xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka iplementatsiya qilish masalalari bilan bog‘liq qonunchilik va tashkiliy-huquqiy asoslarni mustahkamlash, buning uchun xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va tegishli xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalarida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Elchi R.French mazkur sohada ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berib, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilinganligini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, gender tenglikni ta’minlash, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish, qonunchilikni yangilash bo‘yicha ishlar ham ijobiy baholandi.

O‘zbekistonni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylangani bilan qutlab, R.French Britaniya tomoni Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

R.French O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishda qisqa muddatda erishgan yutuqlari yuksak bahoga loyiq ekanligini qayd etdi. Gender tenglik va majburiy mehnatning oldini olish kabi sohalarda erishilgan natijalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shuningdek, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashdagi yutuqlar ham qayd etildi.

Mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilganini ta’kidlab, Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha Elchisi R. French O‘zbekiston kelgusida bu boradagi ishlarini davom ettirishi hamda boshqa mamlakatlarga o‘rnak bo‘lishi, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishiga umid bildirdi.

T.Torlou O‘zbekiston parlamenti bilan inson huquqlari va gender tenglik hamda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni ta’kidlab, O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi ustuvor sherigi ekanligini qayd etdi.

Tomonlar o‘zaro fikr almashdilar va kelgusida inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring