Niderlandiya jangovar samolyotlar bo‘yicha Ukrainaga shart qo‘ydi
Niderlandiya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlaridan Rossiya hududi uzra foydalanishni taqiqlamaydi, biroq unda fuqarolik nishonlariga zarba berilmasligi kerak, deydi mamlakat Mudofaa vaziri Ruben Brekelmans.
Unga ko‘ra, Kiyev urush qonunlariga amal qilishi kerak.
«Ukraina, albatta, bunday qilmasligi kerak (aholi punktlariga zarba berish nazarda tutilgan). Bu biz qo‘ygan shart», dedi Brekelmans NOS telekanaliga. «Masalan, agar Rossiyadan raketa uchirilgan bo‘lsa, ular ham F-16 qiruvchi samolyotlari yordamida uni Rossiya uzra tutib olishlari mumkin», - deya tushuntirdi vazir.
Niderlandiya qurolli kuchlari qo‘mondoni Onno Eyxelshaym avvalroq qirollik Ukrainaning o‘ziga berilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanishiga hech qanday cheklov qo‘ymaganini ma’lum qilgandi. U Rossiya hududi ustida samolyotlardan foydalanish imkoniyatini shunday izohladi.
Ukraina iyul oyi oxirida Niderlandiyadan Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchilarining birinchi partiyasini oldi. Ta’kidlanishicha, qiruvchi samolyotlar allaqachon Ukraina uzra jangovar missiyalarni bajargan va ular havo hujumidan mudofaa tizimlari sifatida ishlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter